“O‘zbekneftgaz” Rossiya kompaniyasi bilan kelishib oldi
Olam
−
06 aprel 2019
5306Rossiyaning “Zarubejneft” va “O‘zbekneftgaz” “Xartum”, “Sharqiy Xartum” va “Janubiy Olamushuk” konlarida uglevodorod qazib olish shartlari to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda “Zarubejneft” Matbuot xizmati xabar berdi.
“2019 yilning 5 aprle kuni Moskvada “Zarubejneft” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida O‘zbekiston hududida loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari hamda “Xartum”, “Sharqy Xartum” va “Janubiy Olamushuk” konlarida uglevodord qazib olishni orttirish uchun ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha “yo‘l xarita”si imzolandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kompaniyalar “Andijonpetro” qo‘shma korxonasi doirasida kelishuv imzoladi. Shu yilning yozida kompaniyalar loyihani bevosita amaliyotga joriy qilishni rejalashtiryapti.
LiveBarchasi