“O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
29 avgust
12685Raqobat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “O‘zbekneftgaz” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
“Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chirmakashlik qilgan choy korxonasi jarimaga tortilgandi.