“O‘zbekneftgaz” AJ raisi o‘zgardi
Jamiyat
−
08 yanvar 2020
13307"O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi etib Mehriddin Razzoqovich Abdullayev tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi.
"O‘zbekneftgaz" sobiq raisi Bahodir Bahromovich Siddiqov boshqa ishga o‘tkazilgan. Biroq uning yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan. Bahodir Siddiqov 2019 yilning fevral oyida "O‘zbekneftgaz" AJ raisi etib tayinlangandi.
Tayinlovga qadar Abdullayev Mehriddin Razzoqovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yil sentyabrgacha kompaniyaga Alisher Sultonov, 2018 yil sentyabrdan 2019 yil fevralgacha Bahrom Ashrafxonov, 2019 yil fevraldan 2020 yil yanvargacha Bahodir Siddiqov rahbarlik qilgan.
LiveBarchasi