O‘zbekistonlik grossmeysterlar soni yana bir nafarga ko‘paydi
Sport
−
23 May 2024 12208 1 daqiqa
O‘zbekistonlik shaxmatchi Muhiddin Madaminov BAAda o‘tkazilgan “Sharjah Master 2024” turnirida 2603 performans ko‘rsatib, grossmeysterlikning so‘nggi talabini bajardi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, Madaminov O‘zbekistonning 29-grossmeysteriga aylandi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Muhiddin Madaminov 2019 yilda FIDE ustasi, 2022 yilda esa Xalqaro shaxmat ustasi nomiga sazovor bo‘lgan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr