Yulduz Usmonovadan tortib Sherali Jo‘rayevgacha san’atkorlar maktablarga kitob sovg‘a qildi
Jamiyat
−
27 mart 2019
15990“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mamlakatda davom etayotgan kitob ulashish aksiyasiga qo‘shildi. Muassasa taniqli san’atkorlar bilan birgalikda maktablarga kitoblar ulashdi. Bu haqda muassasa Matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim maktablarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Jumladan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov boshchiligida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-son maktabiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, G‘ulomjon Yoqubov Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 6-sonli maktabga borib, shaxsiy kutubxonalaridagi turli janrdagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.
LiveBarchasi