“O‘zbekkonsert” direktori tashkilot qaysi prinsiplar asosida ishlayotganini aytdi (video)

Madaniyat-san’at

Xatolarimdan xulosa qildim – Ozoda Nursaidova bilan eksklyuziv videointervyu north_east

Xatolarimdan xulosa qildim – Ozoda Nursaidova bilan eksklyuziv videointervyu

Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov xonandalar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova, qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarilganini ma’lum qildi. Jumladan Odiljon Abduqahhorov shunday deydi: 

“Barchamizga ma’lumki, bugun mamlakatimizda Muhataram Prezidentimiz tomonidan milliy madaniy va ma’naviy merosni saqlash, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash, madaniyat va san’at ahlini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganib, muammolar yechimini topish va xalqimizni rozi qilish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ham bu islohotlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, o‘z faoliyatini ana shunday prinsiplar asosida olib bormoqda. 

Barchangizga yaxshi ma’lumki, ilgari ayrim sabablarga ko‘ra taqiqqa uchragan xonandalar bugun Muhtaram Prezidentimizning g‘amho‘rliklari, bag‘rikengligi hamda kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishlariga imkon berildi. Bugungi navbatdan tashqari anjumanimiz ham mana shu ishlarning yana bir namunasi bo‘lib, bugundan boshlab ayrim sabablarga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan litsenziyasi vaqtincha tugatilgan bir qator xonandalarning ijodiy faoliyatlarini davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Jumladan xonandalar Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova va qiziqchi Halima Ibragimovalar bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqimizga astoydil xizmat qilishlarini ma’lum qilganliklari sabab ularning vaqtincha olib qo‘yilgan litsenziyalari va tugatilgan litsenziyalarini qaytarganimizni ma’lum qilamiz. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amho‘rligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda e’tibori, albatta, soha xodimlariga bemisl kuch-g‘ayrat va shijoat bahsh etadi. Bunday e’tiborga esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarishimiz lozim”. 


Maqola muallifi

Teglar

Odiljon Abduqahhorov

Baholaganlar

86

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing