“O‘zbekkonsert”da navbatdan tashqari yig‘ilish

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 14 oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son litsenziyaning amal qilishi muddatidan avval tugatildi. Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda, jamoatchilik orasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 

13 oktyabr kuni esa 13 yildan buyon taqiq ostida bo‘lgan xonanda Ozoda Nursaidova yo‘l qo‘ygan siyosiy xatolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechirilib, unga erkin ijod qilish imkoniyati berildi

Ayni vaqtda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida navbatdagi tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. QALAMPIR.UZ muxbirining “O‘zbekkonsert”dan turib xabar qilishicha, bugun yana qaysidir xonanda litsenziyasidan ayriladi yoki litsenziyali bo‘ladi. 

Yig‘ilish tafsilotlarini QALAMPIR.UZ`da kuzatib boring. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing