O‘zbekistonning JCHdagi barcha raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08:28 6422 1 daqiqa
O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi barcha raqiblari ma’lum bo‘ldi. Kongo Demokratik Respublikasi so‘nggi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Kongo DR terma jamoasi JCH-2026 pley-off bahsida Yamayka jamoasi ustidan 1:0 (qo‘shimcha vaqtlarda) hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Meksikadagi "Estadio Akron" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Asosiy vaqtda gollar urilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda yagona golga Aksel Tuanzebe (101-daqiqada) mualliflik qildi.
Kongo DR terma jamoasi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCH-2026 ning “K” guruhida Portugaliya, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalari bilan birga bahs olib boradi.
Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi 3-tur uchrashuvi 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida o‘tkaziladi.
Live
Barchasi