O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bugun Samarqandda o‘tadigan uchrashuvga bog‘liq

Jamiyat

image

Ikki-uch oydirki, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi kun tartibiga chiqqan. 

O‘zbekistonning kelasi yil ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi bugun, 3 dekabr kuni olinadigan qarorlarga bog‘liq. QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisi o‘rinbosari – Moliya vaziri Anton Siluanov shu maqsadda O‘zbekistonga kelyapti. U ertaga Samarqandda mehmon bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi. 

Muzokaralarda, shuningdek O‘zbekiston tarafidan kimlar qatnashishi, uning asosiy shartlari nimalardan iborat bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, sal avval AQSH savdo kotibi Uilbur Ross O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini izohlarkan, bu mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini murakkablashtirishi mumkinligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston EOII

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing