O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bosh kotibiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining Bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, Elmurod Najimov Vazirlar Mahkamasining kecha, 13 sentyabrda qabul qilingan 469-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Najimov 1992 yil 1 martda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 2016-2020 yillarda Respublika metodika va axborot markazi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritgan. 2020 yildan buyon esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Gayane Umerova Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov UNESCO Elmurod Najimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing