O‘zbekistonning uch hududida 572 mln so‘mdan ko‘proq qiymatdagi elektr o‘g‘irlandi

Jamiyat

image

Samarqandda suv nasoslari, yangi qurilayotgan binoni isitish pechlari hamda boshqa elektr jihozlaridan hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida foydalanib kelingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, “J.I.” fermer xo‘jaligi va “S.P.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 256,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Denov tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ul shaxslari “Ayritom” MFY hududiga o‘rnatilgan yangi ko‘cha chiroqlarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagani oqibatida jami 169,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro X.I. va boshqalar “Mingtut” MFYda joylashgan o‘quv markazi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 146,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing