O‘zbekistonning tashqi qarzi qariyb 38 mlrd dollarga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi joriy yilning boshiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga oshib, 2021 yil 1 oktyabr holatiga 37,6 mlrd dollarni (joriy yilning 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd. dollar) tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning O‘zbekistonning 2021 yilning 9 oyi uchun To‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha sharhida ko‘rsatib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, yil boshiga nisbatan davlat tashqi qarzi 7 foizga yoki 1,5 mlrd. dollarga o‘sib 22,9 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 18 foizga yoki 2,2 mlrd. dollarga o‘sib 14,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

2021 yilning 9 oyi uchun joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 5,1 mlrd dollar (2020 yilning 9 oyida 279,2 mln. dollar) miqdorida shakllangan. Bunda, savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (9,7 mlrd. dollar) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (4,6 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplangan.

Joriy yilning 9 oyida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 6,0 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, moliyaviy hisob defitsitining o‘sishiga asosiy sabab kreditlar va qarzlar bo‘yicha norezidentlar oldidagi majburiyatlar 2,7 mlrd dollarga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,7 mlrd dollarga hamda portfel investitsiyalarida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi evaziga 1,3 mlrd dollarga o‘sishi asosiy sabab bo‘ldi.

Hisobot davrida mamlakatning chet el valyutasidagi aktivlari 68,3 mlrd dollarni, tashqi majburiyatlarining hajmi esa 51,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi yil boshiga nisbatan 17 foizga yoki 3,4 mlrd. dollarga qisqarib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 16,9 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi qarz

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing