O‘zbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollardan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boshidan 2,8 foizga yoki 692 mln. dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 aprel holatiga 25,1 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

2020 yilning I choragi mobaynida davlat sektori qarzdorligining o‘sishi 385 mln dollarni tashkil qildi. Shuningdek, global pandemiya fonida O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida kamaydi.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 307 mln dollarga oshdi.

Qayd etish lozimki, 2020 yilning I choragida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 566 mln. Dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 451 mln dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari – 36 mln dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 74 mln dollar tomonidan amalga oshirildi.

Regulyator 2020 yilning I choragida davlat tashqi qarzi o‘sish tendensiyasini COVID-19 koronavirusining tarqalishi natijasida yuzaga kegan inqirozning sotsialiqtisodiy ta’sirini yumshatish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi qarz

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing