O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaligi ma’lum bo‘ldi. U sezilarli oshgan
Jamiyat
−
28 mart 2020
14351O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2019 yil boshidan 40,9 foizga yoki 7,1 mlrd dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 yanvar holatiga 24,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ko‘rsatib o‘tilgan.
2019 yilda qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (5,7 mlrd dollar), shundan 1 mlrd dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 mlrd dollarga ko‘paygan.
Qayd etilishicha, 2019 yil davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,8 mlrd dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 2,1 mlrd dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 208,2 mln dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari – 131 mln dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 391,2 mln dollar tomonidan amalga oshirildi.
Shuningdek, o‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 451,5 mln dollar miqdordagi asosiy qarz va 294,7 mln dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.
Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 1,5 mlrd dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 411,8 mln dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.
LiveBarchasi