O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
06 iyun 2020
8866Bugun, 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Yer silkinishi koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 72,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 10 km.
Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 234 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Namangan: 40 km, 2 ball;
Andijon: 59 km, 2 ball.