O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2023
28363O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Unga ko‘ra, Seul shahridagi diplomatik missiya O‘zbekiston fuqarolaridan shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda o‘zlari bilan har qanday favqulodda vaziyat ro‘y bergan holatlarda elchixonaning quyidagi mas’ul xodimlariga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishlarini tavsiya qilgan:
• Konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969;
• Vitse-konsul Azamat Boltayev – 010-2909-4334;
• Attashe Abdumannon Esonov – 010-3213-4505.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 29 oktyabr kuni Seul meriyasi Itxevon hududida Xellouin bayramini nishonlash paytida yuz bergan tiqilinch 154 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi, ulardan 26 nafari 14 mamlakatdan kelgan xorijliklar bo‘lib, bir nafar o‘zbekistonlik ham halok bo‘lgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yana bir nafar o‘zbekistonlik tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi