O‘zbekistonning Rostovdagi bosh konsuli o‘zgardi
Jamiyat
−
05 avgust 2022 10042 1 daqiqa
Burhon Aliqulov O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) yangi bosh konsuli etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun Burhon Aliqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasi bitiruvchisi.
U 2019 yilda Rostov-Don shahrida O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasini ochgan bosh konsul Rustam Qurbonboyevning o‘rnini egalladi.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglari kiradi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may