O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
23 iyun 5068 1 daqiqa
Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar ma’lum bo‘ldi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi bahsni quyidagi tarkib bilan boshlaydi:

Ma’lumot uchun, Portugaliya va O‘zbekiston uchrashuvi bugun, 23 iyun kuni AQSHning Xyuston shahrida Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Bahsni marokashlik hakam Jalol Jayed boshqarib boradi.
2-tur uchrashuvlari oldidan “K” guruhida Kolumbiya terma jamoasi 3 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda. Portugaliya va Kongo DR terma jamoalarida esa 1 ochkodan mavjud va ular mos ravishda 2 va 3-o‘rinlarni egallab turibdi.
2-tur doirasidagi Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari ishtirokidagi bahs ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da boshlanadi.
Live
Barchasi