O‘zbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati 1 foiz deb baholandi

Sport

image

“The Guardian” nashri 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlanishi arafasida terma jamoalarning pley-offga chiqish ehtimolini hisoblab chiqdi. Nashr tahlillarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlari musobaqadagi eng past ko‘rsatkichlardan biri sifatida baholangan. 

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan o‘rin olgan O‘zbekistonning 1/16 finalga chiqish ehtimoli atigi 1 foizni tashkil etadi. Biroq terma jamoaning uchinchi o‘rinni egallagan taqdirda ham musobaqani tark etish ehtimoli 31 foiz etib ko‘rsatilgan.

Prognozlar O‘zbekistonning guruhni to‘rtinchi o‘rinda yakunlash ehtimolini esa 69 foiz deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 iyun kungi Ekvador terma jamoasining Germaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alabasi O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlarini keskin pasaytirdi. Ushbu g‘alaba orqali Ekvador “E” guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va uchinchi o‘rin sohiblari o‘rtasidagi umumiy reytingda birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, guruhlarda uchinchi o‘rinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxshi 8 tasi pley-off bosqichiga chiqadi. Ayni paytda ushbu reytingning sakkizinchi o‘rnidagi jamoa ham 3 ochkoga ega.

Bu esa O‘zbekiston terma jamoasi uchun vaziyatni ancha murakkablashtiradi. Endilikda terma jamoa guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Hozirgi holatga ko‘ra, O‘zbekiston pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolishi uchun raqibini kamida to‘rt to‘p farqi bilan mag‘lub etishi talab etiladi. Shundagina Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo DRga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv joriy yilning 28 iyun kuni Atlanta shahrida Toshkent vaqti bilan 4:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing