O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi $35 mlrddan oshdi
Jamiyat
−
19 yanvar 2022
4019O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 yanvar holatiga 35 mlrd 139 mln dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 389,8 million dollarga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 117,9 million dollarga kamayib, 13 mlrd 77,6 million dollarni tashkil qilmoqda.
Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi hajmi 508,6 mln dollarga ko‘payib, 20,949 mlrd dollarga yetgan. Mamlakatning sof oltin zaxirasi oktyabrdagi 11,4 million troy unsiyadan 11,6 million troy unsiyagacha ko‘paygan.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning sof xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 307,4 mln dollarga ko‘paygan.
LiveBarchasi