O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 34,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlari darak beryapti. 

Manbaga ko‘ra, xalqaro zaxiralar 2020 yil yakunidan so‘ng birdaniga oshgan, biroq keyin yana kamayishni boshlagan. 

Shunday bo‘lsa-da, Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, so‘nggi bir oy davomida oltin zaxiralari 0,3 mln unsiyaga (9 tonnaga yaqin) oshgan. 

Xalqaro zaxiralarning kamayishiga esa xorijiy valyutadagi aktivlarning 700 mln dollar miqdorda kamayishi sabab bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston xalqaro zaxiralari hozirgacha yaxshi diversifikatsiya qilinmagan, ya’ni, deyarli barcha zaxiralar ikki xil ko‘rinishda — oltin ($20,2 mlrd) va xorij valyutalarida ($13,7 mlrd) saqlanadi. 

Ushbu masalani AQSH g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish orqali hal qilish rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

oltin-valyuta zaxiralari

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing