O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyun holati bo‘yicha O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49 mlrd 665 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8 mlrd 483 mln dollarga ko‘paygan va 20,6 foiz o‘sishni qayd etgan. Shu tariqa bu o‘sish ketma-ket 5-oy davom etmoqda. Xususan, aprel oyi bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich 410,2 mln dollarga yoki 0,83 foizga oshgan. Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2013 yildan (22 mlrd 408 mln dollar) beri kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

Shu bilan birga, hisobotga ko‘ra zaxiralardagi oltin miqdorining fizik hajmi biroz kamaygan va 11,4 troya unsiyani (353,85 tonna) tashkil etgan. Shunga qaramay, qimmatbaho metall narxining ko‘tarilishi ortidan uning narxi 2,2 million dollarga oshib, 37,65 milliard dollar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning fevral oyida 12 tonna oltin sotib, dunyoda yetakchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing