O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 32 mlrd dollardan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning rasmiy zaxirlari hajmi 2020 yil 1 iyul holatiga 32,3 mlrd dollardan oshdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, oy boshidagi holatga ko‘ra, 32 mlrd 331,7 mln dollarga teng.

Zaxiralarning 12 mlrd 484,5 mln dollari xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) va 19 mlrd 482,3 mln dollari monetar (oltin) shaklida saqlanmoqda.

Markaziy bank O‘zbekistonning zaxirasi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qila boshlaganidan beri (2017 yil kuzida) birinchi marta rasmiy zaxiralar 32 milliard dollardan oshdi. Bunga so‘nggi vaqtlarda oltin narxining o‘sishiga sabab bo‘ldi.

Ayni vaqtdagi zaxira miqdori 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank oltin-valyuta

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing