O‘zbekistonning madaniy boyliklari klonlashtirilishi va Luvrda namoyish qilinishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonning madaniy boyliklari 2021 yilda Luvrda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyish etilishi mumkin. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati vakillari va “Clone Cultural Properties” innovatsion markazi ekspertlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu haqda aytib o‘tilgan.

Uchrashuvda Tokio san’at universiteti professori Masaaki Miyasako va Yaponiyaning Ilm-fan va texnologiyalar agentligi prezidenti Michinari Xamaguchilar ishtirok etib, 3D-klonlashtirish texnologiyalari asosida O‘zbekistonning madaniy boyliklari nusxasini yaratish va yo‘qolgan qismlarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

O‘z navbatida, “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ul vazirlik va idoralar bilan ushbu yo‘nalishda ishlarni muvofiqlashtirish masalasida ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, “Clone Cultural Properties” guruhi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar qatorida Eduard Manening “Flutist”, Vincyent Van Gogning “Averdagi cherkov” asari va avtoporteti, Yan Vermeyerning “Marvarid chirakli qiz” surati, budda haykallari, shuningdek Afg‘oniston markazidagi Buyuk Sharqiy Bamian Buddasi yozuvlari va boshqalarni keltirish mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

ko'rgazma Luvr madaniy boylik

Baholaganlar

5

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing