O‘g‘irlangan noyob qadimiy buyumlar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Milodiy II-III asrlarga oid o‘g‘irlangan madaniy boyliklar Yevropaning turli mamlakatlari huquq-tartibot idoralari va olimlari ishtirokida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruv natijasida O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Baqtriya va Kushon imperiyalarining markazi bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasidan noqonuniy olib chiqilgan artefaktlarning bir qismi Buyuk Britaniya poytaxti politsiyasining San’at va antiqa buyumlar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan O‘zbekistonning Londondagi elchixonasiga taqdim etilgan. Endi ular O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan joy oladi.

Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov o‘z fikrini bildirib o‘tgan.

“Ushbu voqea O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning madaniy boyliklarni vatanga qaytarishga qaratilgan izchil siyosati xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganining tasdig‘idir. Biz hamkorlarimiz va Yevropa mamlakatlari huquq-tartibot idoralari vakillaridan ko‘rsatgan yordamlari uchun juda minnatdormiz va madaniy asrab-avaylash va tiklashda kelgusida ham hamkorlik qilishga umid qilamiz”, deydi u.

London politsiyasi detektivi Sofi Xeys taniqli olimlar va rasmiylar yig‘ilishida topilgan artefaktlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat boyligi ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov milliy va xorijiy mutaxassislar, YeXHT va WOSCU ko‘magida olib borilgan.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan buyumlar 2025 yil noyabr oyida politsiya tomonidan “Inherent Vice” operatsiyasi deb nomlangan tergov davomida topilgan topilmalar qatoriga kiradi.

Jami to‘qqizta eksponat, jumladan, haykallarning boshlari va gipsli freska parchalari namoyish etilgan. Bu yodgorliklar milodiy II-III asrlardan VII asrlargacha bo‘lgan davrga oid bo‘lib, O‘zbekiston uchun ham, kengroq islom dunyosi uchun ham g‘oyat muhim tarixiy ahamiyatga ega.


Maqola muallifi

Teglar

madaniy boylik Baqtriya Kushon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing