O‘zbekistonning Quvayt va Qatardagi elchixonalariga rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashi qarori bilan mamlakatning Quvayt va Qatardagi elchilari tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Senat kengashi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga Yunusov Ayubxon Lutfulla o‘g‘li, Qatar Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga esa Xo‘jayev Ashraf Bahodirovich tayinlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bungacha Ayubxon Yunusov O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulligida ishlagan. Ashraf Xo‘jayev esa O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida ikkinchi kotib, TIV Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qatar poytaxti Dohadagi elchixonasi o‘tgan yilning 11 dekabr kuni ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qatar Quvayt Ayubxon Yunusov Ashraf Xo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing