O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Sayidikrom Niyozxo‘jayev Ostonadagi diplomatik missiyasini yakunlayapti. U Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu qabulida bo‘ldi. Bu haqda  “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

“Uchrashuv chog‘ida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli so‘nggi yillarda Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir “amalga oshirilgan ulkan ishlar va elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” Sayidikrom Niyozxo‘jayevni oliy davlat mukofoti — II darajali “Dostiq” ordeni bilan taqdirladi.

Ma’lumot uchun, Niyozxo‘jayev 1965 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2018 yilning mart oyida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlangan. Bunga qadar u O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi va turli davlat organlarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2015−2018 yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov ikki o‘lkadagi diplomatik missiyasini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

diplomatik missiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing