O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

Jamiyat

image

Diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov Rim shahrida Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Edmondo Chiriyelli diplomatik missiya rahbarining besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, Italiya TIV nomidan ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularga ko‘p qirrali va barqaror tus berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-9 iyun kunlari Italiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilinganining ahamiyati ta’kidlangan. 

O‘zbekistonning 2 ta faxriy konsulligi Florensiya va Milanda tashkil etilgan, Italiyaning boshqa mintaqalarida ham faxriy konsulliklarni ochish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Italiya bilan amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan loyihalar paketi 9 milliard yevrodan oshadi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston viloyatlari bilan Italiya hududlari o‘rtasida, xususan, Lombardiya, Toskana, Veneto, Umbriya, Kampaniya, Marche, Abrusso va Emiliya-Romanya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar faollashdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil avgust oyida Italiyaga elchi etib tayinlangan Otabek Akbarov bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Gretsiyadagi elchisi hamda respublikaning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) dagi doimiy vakili sifatida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Akbarov diplomatik missiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made