O‘zbekistonning qator shaharlarida yer silkinishi sezildi
Jamiyat
−
26 noyabr 2020
8123Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:27 da (26.11.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 17:27 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,74 gradus shimoliy kenglik; 71,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 529 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent : 529 km, 2 ball.
Namangan : 476 km, 2 ball.
Andijon : 462 km, 2 ball.
Farg‘ona : 409 km, 2 ball.
Guliston : 464 km, 2 ball.
Jizzax : 472 km, 2 ball.
Samarqand : 487 km, 2 ball.
Termiz : 345 km, 2 ball.
Qarshi : 524 km, 2 ball.
LiveBarchasi