O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli chang-to‘zon bo‘ladi

Jamiyat

image

Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlaridagi ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

“Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

O‘zgidrometning ta’kidlashicha, bunday ob-havoda fuqarolar ochiq havodagi faoliyatini qisqartirishi, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston O'zgidromet shamol va chang-to'zon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing