O‘zbekistonning qarzi 33 milliardga yetishiga “NarXoz” talabalari nima deydi?
Jamiyat
−
02 dekabr 2021
14613Mamlakatlar orasida tashqi qarz olish va berish odatiy holga aylanmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda faol ravishda tashqi qarz mablag‘larini jalb qilmoqda.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yil O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi e’lon qilgan "Fuqarolar uchun byudjet 2022" loyihasida keltirilgan.
Ayni vaqtda, O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i yil boshidan 2,1 mlrd dollarga, joriy yilning III choragida esa 1,1 mlrd dollarga oshib, 1 oktyabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi, miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.
QALAMPIR.UZ bu borada bo‘lajak iqtisodchilarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida so‘rovnoma o‘tkazib, TDIU talabalariga "2022 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 33,5 milliardga yetishi kutilmoqda. Bo‘lajak iqtisodchi sifatida bunga munosabatingiz qanday?", deya savol berdi.
So‘rovnoma qatnashchilarining ba’zilari davlat qarzining oshib borishiga salbiy munosabat bildirsa, aksariyati rivojlanayotgan davlatlar uchun qarz olish oddiy holat ekanini ta’kidladi.
LiveBarchasi