O‘zbekistonning Istanbuldagi yangi Bosh konsuli tayinlandi
Jamiyat
−
07 dekabr 2020 6688 1 daqiqa
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Amirsaid Saidazizovich A’zamxo‘jayev Istanbuldagi (Turkiya) Bosh konsuli etib tayinlangan va o‘z vazifasini bajarishga kirishgan.
Bungacha Amirsaid A’zamxo‘jayev Bosh konsulxona rahbari sifatida Turkiya tashqi ishlar vazirligining konsullik ekzekvaturasini olgan.
Ma’lumot o‘rnida, Amirsaid A’zamxo‘jayev 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentida va Istanbulda konsul bo‘lib ishlagan.
Live
Barchasi