O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
07 dekabr 2023 5269 1 daqiqa
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. U bugun, 7 dekabr kuni Madridga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G‘aniyevning o‘rnini egallagan.
50 yoshdagi diplomat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashida ishlagan.
Tursunov 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan, jumladan attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008-2012 yillar) va Yaponiyadagi (2012-2017 yillar) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018 yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonning Ispaniyadagi avvalgi elchisi Jahongir G‘aniyev ushbu mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlagandi. Vazifasini tugatishi oldidan 19 noyabr kuni u Ispaniya Tashqi ishlar vazirligining tashqi va global ishlar bo‘yicha davlat kotibi Anxeles Morena Bau bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025