O‘zbekistonning Iroqdagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Iroqdagi yangi elchisi Ayubxon Yunusov mamlakat Prezidenti Adullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida Adullatif Rashid O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarini iliq taassurotlar bilan yodga olgan.

Suhbat yakunida Adullatif Rashid O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi tayinlangani munosabati bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Ma’lumot uchun, Ayubxon Yunusov TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Al-Azhar” universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi. U 2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov 2024 yil 6 fevral kuni O‘zbekistonning Quvaytdagi elchisi sifatida Al-Quvayt shahriga tashrif buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Iroq Ayubxon Yunusov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing