O‘zbekistonning ikki hududida elektr energiyasi to‘liq tiklandi
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
21928Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklangan.
“Ayni paytda respublikaning hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi”, deyiladi xabarda.
“Konets sveta”
Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi.
Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining qator hududlarida elektr ta’minioti tiklandi.
LiveBarchasi