O‘zbekistonning ikki hududida minglab xonadonlar “svet”siz qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 20 mart kuni soat 22:30 da Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kuchli yomg‘ir va qattiq shamol sabab  minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6-10 kVli 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. 

Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

“Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (qattiq shamol va kuchli yomg‘ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing