O‘zbekistonning eng yaxshi dzyudochilari ham aniqlandi

Sport

image

Bugun, 25 dekabr kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) binosida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining 2023 yil sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda yakuniga yetib borayotgan yilda qayd etilgan natijalar esga olinib, yangi Olimpiya yili uchun rejalar ko‘rib chiqildi.

Anjuman yakunida ortda qolayotgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi erkak va ayol sportchilari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Jahon chempionatining bronza, Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Murodjon Yo‘ldoshev “yilning eng  yaxshi erkak dzyudochisi” deb e’tirof etilgan bo‘lsa, Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari egasi Diyora Keldiyorova “eng yaxshi ayol dzyudochi” deb topildi.

Ta’kidlash joiz, 24 dekabr kuni Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Yilning eng yaxshi terma jamoasi” deb topilib, “Milliy sport mukofoti-2023”ga ega chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan “Milliy sport mukofoti-2023" taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ortda qolayotgan yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshilar aniqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Milliy Olimpiya qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing