O‘zbekistonning eng muhim boyligi – bu inson resurslaridir – Aripov

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million dasturchi” loyihasi ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nutq so‘zladi. Bu haqda Sputnik yozmoqda.

“Bugungi kunda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida kadrlar tayyorlash, aholiga xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalar, transport, energetika va boshqa sohalarda bir qator muhim sarmoyaviy  va gumanitar loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodalari tufayli amalga oshirilmoqda. Bor yo‘g‘i ikki oy oldin biz hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha BAA vaziri bilan birgalikda yoshlarni mobil ilova va servislarni ishlab chiqishga qaratilgan davlat “MGovAward” mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha birinchi respublika tanloviga start bergandik.

“Bir million dasturchilarni tayyorlash” loyihasining boshlanishi ham axborot texnologiyalar va dasturlash sohasidagi qo‘shma tashabbuslarimizning muhim mantiqiy davomidir.

Buyuk ipak yo‘lining muhim madaniy va ilmiy markazi sifatida tanilgan O‘zbekiston jahon ilm fani rivojiga xissa qo‘shgan ko‘plab taniqli olimlar va mutafakkirlarning vatani bo‘lgan. Xususan, dunyoni nol va o‘nli sanoq tizimi tushunchasi bilan tanishtirgan Muhammad al-Xorazmiy – bu kashfiyot matematikaning rivojlanishida burilish nuqtasidan bo‘lib, shu jumladan, axborot texnologiyalar kabi yo‘nalishning ham shakllanishiga asos yaratgan.

Bugungi kunda zamonaviy O‘zbekistonning eng muhim boyligi bu inson resurslaridir. Bu yerda aholining 60 foizi ortig‘i o‘rtacha yoshi 29 yoshdan oshmaydigan yoshlar tashkil etadi. Shu sababli yoshlarga oid davlat siyosatida o‘g‘il va qizlarimizning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash kelajakning yangi mutaxassisliklari va kasblarni egallashlari biz uchun o‘ta muhimdir. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarni tarbiyalash va ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan beshta tashabbus amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida o‘zida aks etgan”, deb ta’kidladi Aripov.

Bosh vazirning qayd etishicha, ushbu tashabbuslar loyihasida mamlakatda bir qator davlat loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, axborot texnologiyalar sohasida yoshlarga rahbarlik ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan – har bir tumanda kompyuter dasturlash, grafik, dizayn va ma’lumotlarni qayta ishlash asoslarini o‘qitish bo‘yicha raqamli texnologiyalar markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

“Ishonchim komilki, amalga oshirilayotgan bir million dasturchilarni tayyorlash loyihasi beshta tashabbus davlat dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida bo‘lib, uni yanada kengaytirish, kattaroq hudud ajratilishi va yangi bino inshootlar qurilishi boshlanishi munosabati bilan tamal toshini qo‘ydilar.

Davlatimiz rahbari kelajakda axborot texnologiyalar parki hududlarda tashkil etilayotgan beshta tashabbusning uchinchi tashabbusi, ya’ni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalar va dasturchilarni tayyorlash tashabbusining mantiqiy markazi va cho‘qqisi bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar”, dedi Bosh vazir.

Aripovning so‘zlariga ko‘ra, “bir million dasturchi tayyorlash” loyihasining amalga oshirilishi mamlakat aholisining keng qatlamlardagi yangi axborot texnologiyalar kasblarini o‘zlashtirishga jalb etish, shuningdek, yoshlarni, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish, dasturlash bo‘yicha bepul ta’lim berish va o‘z-o‘zini kasbiy ifoda etishda yangi imkoniyatlar yaratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Bosh vazir

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing