O‘zbekistonning eng ko‘p aholisi qaysi hududlarda ekani aytildi
Bu qiziq
−
22 iyul 2019
57224O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 33 million 523,6 ming kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat stastistika qo‘mitasi xabar bermoqda. 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 %ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16 million 939,6 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 million 584,0 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.
Aholi soni ortishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, o‘sish 2,1%ga teng. Mamlakat aholisining viloyatlar kesimi bo‘yicha soni quyidagicha:
Andijon - 3 088,6
Buxoro - 1 906,6
Jizzax - 1 365,5
Qashqadaryo - 3 240,3
Navoiy - 986,4
Namangan - 2 776,5
Samarqand - 3 833,1
Surxondaryo - 2 594,6
Sirdaryo - 836,9
Toshkent - 2 917,2
Farg‘ona - 3 711,2
Xorazm - 1 846,4
Toshkent sh. - 2 538,4
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Respublika doimiy aholi sonining 30,5%i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,3%i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr