O‘zbekiston aholisi soni ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
13782Keyingi yillarda O‘zbekiston aholisi sezilarli darajada oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2019 yil 1 oktyabr holatiga 33,7 million kishini tashkil etdi. Bunda o‘tgan 2018 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 1,9 foizga teng bo‘ldi.
Mamlakat hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatganki, 2019 yil 1 oktyabr holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, 2019 yil 1 oktyabr holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,1 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 477,5 ming kishini tashkil etib, 2018 yil mos davriga nisbatan 36,7 ming kishiga (2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 440,8 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan.
LiveBarchasi