O‘zbekistonning eng qimmat futbol klublari ma’lum qilindi
Sport
−
12 iyul 2022
21422Germaniyaning “Transfermarkt” portali talqiniga ko‘ra, Toshkentning “Paxtakor” klubi O‘zbekistonning eng qimmat tarkibga ega jamoasi sifatida e’tirof qilindi. “Sherlar”ning umumiy narxi 9,50 million yevro etib belgilangan.
So‘nggi yillarda futboli yuqori darajada rivojlanayotgan Namanganning bosh jamoasi “Navbahor” eng qimmat o‘zbek klublari orasida ikkinchi pog‘onada qayd etilgan. “Lochinlar” tarkibidagi futbolchilarning qiymati 8,58 million yevroga baholangan.
O‘zbekiston futbolining iste’dodlar “fabrikasi” bo‘lmish Qarshining “Nasaf” futbol klubiga esa uchinchi pog‘ona nasib etgan. Qashqadaryo klubining umumiy narxi 8,41 million yevroni tashkil qiladi.
Eng qimmat o‘zbek futbol klublarning o‘ntaligi bilan tanishing:
1. “Paxtakor” (Toshkent) – 9,50 million yevro (tarkibdagi futbolchilarning umumiy narxi);
2. “Navbahor” (Namangan) – 8,58 million yevro;
3. “Nasaf” (Qarshi) – 8,41 million yevro;
4. AGMK (Olmaliq) – 6,90 million yevro;
5. “So‘g‘diyona” (Jizzax) – 6,13 million yevro;
6. “Neftchi” (Farg‘ona) – 5,46 million yevro;
7. “Lokomotiv” (Toshkent) – 5,05 million yevro;
8. “Bunyodkor” (Toshkent) – 4,77 million yevro;
9. “Qizilqum” (Navoiy) – 4,68 million yevro;
10. “Surxon” (Termiz) – 4,30 million yevro.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli “Transfermarkt” portali dunyoning eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingni ham tuzgandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi