O‘zbekistonning elchisi Shvetsiya Qiroli bilan uchrashdi
Olam
−
10 noyabr 2023
4204O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyev Stokgolm shahrida Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Marosim doirasida elchi Nodir G‘aniyev Shvetsiya qiroli bilan suhbatlashgan, unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Suhbat yakunida Shvetsiya monarxi elchini lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va uning ushbu mas’uliyatli lavozimdagi faoliyati Shvetsiyaning O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekistonning yangi elchixonasini Muvaqqat ishlar vakili sifatida boshqarib kelayotgan Nodir G‘aniyev Favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangan edi. U 52 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab, markaziy apparatda va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
LiveBarchasi