O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili o‘zgardi
Jamiyat
−
04 avgust 2023
5446Ulug‘bek Xidirovich Lapasov O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
Ulug‘bek Lapasov 1982 yilning 14 oktyabrida Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2000 - 2005 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat bosqichini, 2005 - 2006 yillarda Fransiyadagi Jean Moulin Lyon 3 universitetining magistr bosqichini tamomlagan. 2018 yildan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili, 2022 yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti bo‘lib ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, avval O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov edi. U 2017 yilning may oyida ushbu lavozimiga tayinlangan. 2020 yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan Ibragimovga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berilgan edi.
LiveBarchasi