O‘zbekistonning bir qator hududlarida sel kelishi xavfi mavjud

Jamiyat

image

Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘ldi. Ushbu sel oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan ham oqib o‘tdi. Tabiiy ofat oqibatida Qirg‘izistonda ham, O‘zbekistonda ham 8 nafardan fuqaro vafot etdi.

Hodisadan so‘ng Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi va ulardan viloyatning Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga bormaslikni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing