O‘zbekistonning bir qancha hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
15 aprel
3759O‘zbekistonning oltita viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga 16-22 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sabab bo‘ladi. Shu bois respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi. Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi