Samarqand, Jizzax viloyatlarida qalin qor yog‘di
Olam
−
08 aprel 2020
11539Kecha, 7 aprel kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida qalin qor yog‘di. Shu kuni viloyatda havo harorati 6-8 daraja, kechasi esa 2 darajagacha iliq bo‘lgan.
Bundan tashqari, Jizzax viloyati, Forish tumani, Uxum qishlog‘ida ham bugun, 8 aprel kuni qor yog‘moqda.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joriy yilning 1 aprel kuni qor yoqqani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. Odatda, aprelga qaraganda faqat mart oyi yog‘inlar bo‘yicha ustun turadi. O‘tgan 2019 yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan.
LiveBarchasi