Hafta davomida harorat me’yordan 10 darajagaça yuqori böladi
Bu qiziq
−
11:25 124 2 daqiqa
Hafta davomida Özbekiston hududining katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning şimolida va çöl hududlarining ayrim joylarida joriy yilning 17-18 va 20 noyabr kunlari yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 16 noyabr kuni kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq atrofida, janubda 20-22 daraja iliqqaça böladi.
Havo harorati ertaga, 17 noyabrda keçasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq böladi, 18-20 noyabrda havo asta-sekin keçalari 7-12 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqaça isiydi.
Hafta boşida havo harorati me’yordan 3-5 darajaga yuqori, hafta oxirida esa me’yordan 8-10 darajaga yuqori böladi. 16-18 noyabr kunlari ba’zi joylarda tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Özbekistonning toğli hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 18-20 noyabrda ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Şuningdek, Toşkentda havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kunduz kunlari 16-18 noyabrda 15-17 daraja iliq bölişi kutilmoqda, 19-20 noyabrda 20-22 daraja iliqqaça isiydi, keçalari 17 noyabrda 4-6 daraja iliq böladi, 18-20 noyabrda 10-12 daraja iliqqaça isiydi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr