Ayrim hududlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ustama to‘lanadi
Jamiyat
−
09 aprel 6565 2 daqiqa
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi ayrim xodimlarga ish stajidan kelib chiqib ustamalar to‘lanadi. Bu kecha, 8 aprel kuni hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (shaharlar) byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.
Shaharlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
- 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.
Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
- shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
- xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.
Live
Barchasi