O‘zbekistonning asosiy ta’qibchisi g‘alaba qozondi
Sport
−
26 mart
1525426 martga o‘tar kechasi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 8-turida Shimoliy Koreya BAAga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinda dastlab BAA birinchi taymda hisobni ochdi. Ikkinchi taymda KXDR futbolchilari hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan vaqtda, ya’ni 90+8 daqiqada amirliklar g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, BAA ochkolarini 13 taga yetkazib oldi va O‘zbekiston bilan oradagi farq 4 taga qisqartipdi. Shimoliy Koreyada ochkolar 2 tani tashkil etmoqda va koreyslar mundial bilan rasman xayrlashdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval, “A” guruhining markaziy o‘yinida Eron va O‘zbekiston o‘zaro o‘ynab, 2:2 hisobida durang qayd etdi.