O‘zbekistonning 3 viloyatida 100 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

Jamiyat

image

Kecha, 4 may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 52 083 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulardan:

  • birinchi bosqich emlanganlar 45362 nafarni;
  • ikkinchi bosqichda emlanganlar 6721 nafarni tashkil qildi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda 963 894 doza vaksinadan foydalanilib, ularning 21 006 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanildi.

4 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (9708 nafar);
  • Toshkent shahri (8590 nafar);
  • Namangan viloyati (5259 nafar); 
  • Surxondaryo viloyati (5021 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:

  • Farg‘ona viloyatida 127 911 doza; 
  • Andijon viloyatida 109 505 doza;
  • Namangan viloyatida 103 569 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing